logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarning davlat majburiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

04.11.2024
1437

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2024 yil 24 sentabrdagi 10-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatFga majburlarning, shuningdek maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarning davlat majburiy sug‘urtasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 4 noyabrda 3568-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur nizomni davlat tilida qabul qilinishi natijasida quyidagi qonunchilikka muvofiqlashtiruvchi normalar kiritildi:

  • nafaqat harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek, maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarning ham hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanishi bilan bog‘liq;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtda, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida sug‘urtalangan shaxs halok bo‘lganda bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida sug‘urta to‘lovi to‘lanishi bilan bog‘liq;
  • sug‘urta qildiruvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiya, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Davlat xavfsizlik xizmati va Harbiy prokuratura bilan kengaytirish bilan bog‘liq;
  • sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda, sug‘urta to‘lovini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati soddalashtirish bilan bog‘liq;
  • sug‘urtaga oid ayrim atamalarni qonunchilikka muvofiqlashtirish bilan bog‘liq.

Mazkur buyruq rasmiy manbalarda e’lon qilinishi bilan kuchga kiradi.