Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.

Biz nima qilamiz arrow-right

Yangiliklar

“S&P Global Ratings” va “Fitch Ratings” reyting kompaniyalari bilan uchrashuv

24.04.2024
2443

O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta sohasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “S&P Global Ratings” va “Fitch Ratings” xalqaro reyting kompaniyalari delegatsiyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Sug‘urta sektori faoliyat muhiti xavflarini to‘g‘ri baholash va mamlakatlararo taqqoslash O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta kompaniyalari reytingini tuzishda muhim omil hisoblanadi.

Uchrashuvda sug‘urta sohasini rivojlantirish va tartibga solish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, sug‘urta sektorini raqamlashtirish va kapitallashtirish masalalari, riskka asoslangan yondashuv asosida sug‘urta kompaniyalari kapitalini tartibga solish tamoyillarini amalga oshirish rejalari (Solvency II), MHHS 17 xalqaro moliyaviy hisobot standartini O‘zbekistondagi sug‘urta kompaniyalari uchun joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Agentlik rahbariyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 1 martdagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni tushuntirib berdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, xususan, nazorat qiluvchi organ va sug‘urta kompaniyalari vakillari uchun o‘quv seminarlarini tashkil etishga kelishib oldilar.