logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Faoliyat

foto

Xizmatlar provayderlari

14143

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalovchi organ O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik).

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar provayderlarni litsenziyalash Agentlik direktorining 2022 yil 14 iyuldagi 32-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3380-son, 2022 yil 15 avgust) muvofiq amalga oshiriladi.

 

Talabgorlar tomonidan litsenziya olish to‘g‘risidagi arizalar taqdim etilishi:

Talabgorlarning litsenziyalar olish to‘g‘risidagi arizalari, shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar Agentlikning info@napp.uz elektron pochtasi, Agentlikning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 22-uy manziliga pochta orqali yoki shaxsan kelib topshirilganda qabul qilinishi mumkin.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar provayderlari faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya talabgorlarining litsenziya olishga arizalarini qabul qilish, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlar faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalarni berish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ekspert komissiya faoliyatini tashkil etish, shuningdek litsenziyalarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Litsenziyalaash va ruxsat etish tartib-taomillari bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar provayderlar litsenziyalanadigan faoliyat turlari:

a) kripto-birja;

b) mayning-pul;

v) kripto-depozitariy;

g) kripto-do‘kon.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan faqatgina O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari - yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

 

Litsenziya amal qilish muddatlari:

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

 

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

а) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatni amalga oshirish joyi, elektron pochta manzili, bankning nomi va bankdagi hisobvarag‘i, litsenziyalanadigan faoliyatning turi, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish yoki qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi to‘g‘risidagi roziligi aks ettirilgan ariza;

b) litsenziya talabgorining rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari) va ta’sischi haqidagi Nizomning 2-ilovasida keltirilgan ma’lumotlar. Bunda, ta’sischilar haqidagi ma’lumotlar oxirgi benefitsiar mulkdorgacha ko‘rsatiladi;

v) litsenziya talabgorining rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari) va ta’sischilari chet el fuqarolari bo‘lganda, Nizomning 9-bandi “z” kichik bandida nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha belgilangan tartibda legallashtirilgan yoki apostil qo‘yilgan tegishli xorijiy mamlakatning vakolatli organidan olingan sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma hamda uning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tartibda tasdiqlagan tarjimasi;

g) kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun ustav jamg‘armasi (kapitali) shakllantirilganligi hamda ustav jamg‘armasining (kapitalining) tegishli qismi zaxiraga qo‘yilganligi haqida tijorat bankining ma’lumotnomasi.

Litsenziya talabgorining rahbariyati (rahbar, uning o‘rinbosarlari) va ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lganda, litsenziyalovchi organ Nizomning 9-bandi “z” kichik bandida nazarda tutilgan holatlarni o‘zi mustaqil tarzda tekshiradi.

Yuqorida nazarda tutilgan hujjatlar litsenziya talabgorining rahbari tomonidan tasdiqlanishi (imzolanishi) kerak.

Litsenziya talabgoridan Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya olish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.

 

Litsenziya olish uchun arizani ko‘rib chiqish muddatlari:

Litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi qabul qilingan kundan e’tiboran 20 ish kuni ichida qabul qilinadi.

 

Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishda yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan talablar va shartlar:

litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi:

a) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda joylashgan elektron platforma va (yoki) texnik hamda dasturiy vositalar majmuining mavjudligi;

b) kripto-aktivlar bilan bog‘liq barcha operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotlarni, platforma ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini, xizmatlar provayderlarining platforma ishtirokchilari bilan munosabatlariga oid materiallarni (shu jumladan, platforma ishtirokchilari o‘rtasida), shuningdek ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;

v) kripto-aktivlar aylanmasi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish hamda shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

g) Nizomning 11-bandida belgilangan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi reklamaga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish;

d) yashirin mayning (maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat) hamda anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni, shu jumladan anonim kripto-aktivlar mayningini (anonimlik prinsipi bo‘yicha ishlayotgan kripto-aktivlar) amalga oshirmaslik;

e) platforma faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ma’lumotlarni litsenziyalovchi organning so‘roviga binoan bepul taqdim etish;

j) qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash;

z) xizmatlar provayderlarini:

terroristik faoliyatda yoki ommaviy qirgin qurollarini tarqatishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan;

iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki o‘talmagan shaxslar tomonidan boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik;

i) xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasida (kapitalida) “z” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslarning hamda offshor hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik.

 

Quyidagilar kripto-birjalarga qo‘yiladigan qo‘shimcha litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

kripto-aktivlarni kotirovkalashni ularga bo‘lgan talab va taklif asosida amalga oshirish;

ariza berilgan sanada pul mablag‘i shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamg‘armasi (kapitali) mavjudligi, shundan uch ming baravarini O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qo‘yish.

 

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar provayderlari faoliyati litsenziyalanganligi uchun davlat bojlari miqdori:

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunining 24-moddasi uchinchi qismiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi “j” kichik bandi va Agentlik direktorining 2023 yil 17 oktabrdagi 85-son buyrug‘iga muvofiq kripto-aktivlar aylanmasi sox,asidari xizmatlar provayderlari faoliyatini amalra oshirishra litsenziya berranlik uchun davlat boji miqdori ularni to‘lash sanasida amalda bo‘lran bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidari miqdorlarda belgilandi:

kripto-birja uchun – BHMning 73 400 baravari;

mayning-pul uchun – BHMning 3 000 baravari;

kripto-depozitariy uchun – BHMning 7 000 baravari;

kripto-do‘kon uchun – BHMning 3 700 baravari.

 

Litsenziya talabgorlari uchun cheklovlar:

Xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasi (kapitali) faqat ular ta’sischilarining o‘z mablag‘lari va boshqa mol-mulklaridan shakllantiriladi.

Xizmatlar provayderlarining ustav jamg‘armasini (kapitalini) shakllantirish uchun kredit yoki garov yoxud boshqa mablag‘lar jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xizmatlar provayderlarining nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “hukumatga oid”, “milliy”, “O‘zbekiston” hamda O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini to‘liq yoki qisqartirilgan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatilishi taqiqlanadi.

 

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar:

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar miqdorini belgilash, ularni to‘lash va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3388, 2022 yil 28 sentabr) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yig‘imlar (keyingi o‘rinlarda – yig‘imlar) to‘lanadi.

Yig‘imlar ularni to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan xizmatlar provayderlari bo‘yicha quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

kripto-birja faoliyati uchun – BHMning 740 baravari;

mayning-pul faoliyati uchun – BHMning 100 baravari;

kripto-depozitariy faoliyati uchun – BHMning 5 baravari;

kripto-do‘kon faoliyati uchun – BHMning 185 baravari.

 

Yig‘imlar xizmatlar provayderlari tomonidan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan paytdan e’tiboran har oyda to‘lanadi.

Bunda, litsenziya joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar olinganda, yig‘im ushbu oy uchun to‘liq miqdorda, litsenziya joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin olinganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘lanadi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda, yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi.

Yig‘imlar har oyda oldindan to‘lov tarzida mazkur oyning o‘ninchi sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar agentligining g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

 

Yig‘imlarni to‘lash uchun rekvizitlar:

Oluvchi:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi

Oluvchining banki:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shaxar hisob-kitob kassa markazi

Oluvchining hisob-raqami:

2340 2000 3001 0000 1010

Shahsiy hisob-varaq:

40142 18607 26273 34227 32148

Bank MFO:

00014

STIR:

201 122 919

 

Talabgor/litsenziat belgilangan tartibda litsenziyalovchi organning:

litsenziyani berishni rad etish, amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish haqidagi qarorlari, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 

Kripto-aktivlar sohasida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ekspert komissiya tarkibi:

 

1.

V.Pak

Direktorning birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi

 

 

 

 

2.

S.Xvan

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish departamenti boshlig‘i

 

 

 

 

3.

A.Zakirov

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

 

4.

N.Djurayev

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasini tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i

 

 

 

 

5.

T.Saliyev

AT infratuzilmalarini qo‘llab-qo‘vvatlash va axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i

 

 

 

 

6.

A.Xakimov

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus laboratoriya mudiri

 

 

 

 

7.

lavozim bo‘yicha

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari bo‘limi boshlig‘i, komissiya kotibi

 

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Litsenziyalash va ruxsat etish tartib-taomillari bo‘limining murojaat qilish uchun ma’lumotlari: 

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 22-uy

Tel.: (+998 71) 231-79-28